HYDROLIFE BOTTLERS — O‘zbekistonda ichimlik suvi ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalardan biri.
HYDROLIFE BOTTLERS kompaniyasining asosiy faoliyati idishlarga qadoqlangan gazlangan va gazlanmagan ichimlik suvi ishlab chiqarish va ulgurji sotishdan iborat.
O‘zbekiston ichimlik suvi bozoriga 2003-yilda kirib kelgan HYDROLIFE BOTTLERS kompaniyasining ekologik toza, tabiiy tog‘ suvi o‘lkamiz aholisining qalbidan joy oldi, 2016-yildan esa kompaniyamiz mahsulotlari Qozog‘iston Respublikasiga ham eksport qilinmoqda.
Xodimlarning yuqori malakasi, suvni olish va uni ko‘p bosqichli tozalash madaniyati, zamonaviy jihozlar va eng so‘nggi texnologiyalarning qo‘llanilishi Hydrolife® suvining barcha foydali jihatlari va birlamchi sofligi saqlanib qolishini kafolatlaydi.
Hydrolife® suvi shifobaxsh xususiyatlari va ta’mining maqbul uyg‘unligi ekspertlar tomonidan e’tirof etilgan, HYDROLIFE BOTTLERS mahsulotlarining yuqori sifati esa ko‘p sonli ekspertizalar va ularga bo‘lgan talabning oshib borayotgani bilan tasdiqlanadi.
Hydrolife® savdo belgisining asosiy g‘oyasi — O‘zbekistonda sifatli, tabiiy tog‘ ichimlik suvini maqbul narxlarda yetkazib berish. HYDROLIFE BOTTLERS kompaniyasining asosiy maqsadi – O‘zbekiston Respublikasi aholisining toza ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash.
Ta’kidlash lozimki, HYDROLIFE BOTTLERS kompaniyasi xalqaro sertifikatsion auditining butun siklini o‘tadi va ISO 9001 : 2008 «Sifatni boshqarish tizimi» xalqaro sertifikatiga, shuningdek, ISO 22000 : 2005 «Oziq-ovqat xavfsizligi menejmenti tizimi» xalqaro sertifikatiga ega bo‘ldi.