Sertificatlar

«Hydrolife Bottlers» MChJning sifat borasidagi siyosati

«Hydrolife Bottlers» MChJ zamonaviy texnologik zavod bo‘lib, Yevropada ishlab chiqarilgan uskunalar bilan jihozlangan, o‘z faoliyatini asosiy maqsad – O‘zbekiston Respublikasi aholisining gazlangan va gazlanmagan ichimlik suviga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlash yo‘lida amalga oshiradi.

Mavjud raqobat sharoitida o‘z mahsulotining sifatini kafolatlangan tarzda doimiy oshirib borish va tasdiqlash, iste’molchilarning talablarini maksimal darajada qondirish, bozordagi imijini ko‘tarish maqsadida «Hydrolife Bottlers» MChJ oliy rahbariyati va xodimlari Sifat Menejmenti Tizimi (SMT) samaradorligini ISO 9001: 2009 Xalqaro Standarti talablariga javob berish darajasida takomillashtirishga qaror qilishdi.

ISO 9001:2009

Bojxona ittifoqining muvofiqligi haqidagi deklaratsiya

Bojxona ittifoqi texnik reglamentlariga muvofiqlik deklaratsiyasi (bundan buyon – EAC deklaratsiyasi) mahsulot tegishli Bojxona ittifoqi texnik reglamentlarida ko‘rsatilgan talablarga mos ekanligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. EAC deklaratsiyasi Bojxona ittifoqining barcha ishtirokchi davlatlari hududida rasmiylashtirilishi mumkin va amal qiladi.

Mazkur hujjat Bojxona ittifoqi Texnik reglamentlariga muvofiqlikni majburiy tarzda tasdiqlash shakllaridan biri bo‘lib, bu hujjat bo‘lmasa mahsulot Belarus Respublikasi, Qozog‘iston Repsublikasi va Rossiya Federatsiyasi hududida muomalaga chiqarila olmaydi.

Muvofiqlikni tasdiqlashning mazkur shakli Bojxona ittifoqida ishtirok etuvchi mamlakatlarda tovarlar aylanishi jarayonini soddalashtirish maqsadida ishlab chiqilgan

EAC

Mahsulot xavfsizligi sohasidagi siyosat.

O‘zbekistonda ichimlik suvi ishlab chiqaruvchi yetakchi korxonalardan biri sifatida «Hydrolife Bottlers» MChJ yuqori texnologiyali ishlab chiqarish va zamonaviy infratuzilmaga ega hamda yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish yo‘li bilan ichki va tashqi bozorlarda o‘z mavqeini kengaytirishga intilmoqda.

Korxonaning oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini boshqarish tizimi ichimlik suvi ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan, me’yoriy hujjatlar talablari va iste’molchilarning kutishlariga javob beradigan faoliyatning barcha turlarini muvofiqlashtirish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, uzoq muddat davomida barqaror foyda olish va doimiy iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi izchil harakatlarni amalga oshirish uchun mo‘ljallangan.

«Hydrolife Bottlers» kompaniyasi ISO 22000:2005 Oziq-ovqat xavfsizligi menejmenti tizimi xalqaro sertifikatsiyasidan o‘tgan.

ISO 22000:2005

ISO 9001:2008 «Sifat menejmenti tizimi. Talablar» – bu Standartizatsiya bo‘yicha Xalqaro tashkilot standartidir (International Organization for Standardization – ISO, – muh.). Mazkur hujjat – yagona bo‘lmagan, biroq eng obro‘li normativ sanaladi va butun dunyo bo‘ylab barcha tashkilotlar sifat menejmenti tizimi – mahsulot yoki xizmatlar sifatini kafolatlash va yaxshilash imkonini beruvchi boshqaruv qarorlarining murakkab majmualarini unga muvofiq joriy etadilar.

UNI EN ISO 9001:2008
Tyan-Shan etagida
ishlab chiqarilgan
tabiiy tog' suvi!
Hamkorlarimiz
AVE
TashPet
Кронес
KHS
Таким образом дальнейшее развитие различных
Biz bilan bog'laning
Manzil:
Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, «Soyliq» qo‘rg‘oni
Savol berish
So'rov
Qanday suvni ma’qul ko‘rasiz?
Gazlangan
Gazlanmagan
Har ikkalasini
SAVOLLARINGIZ BORMI?

  Biz Siz bilan yaqin orada bog‘lanamiz