Hydrolife Suvi Paydo Bulishi

Brend konsepsiyasi - Sof Tog‘ Suvi.

«Hydrolife®» suvi  Tiyon-Shon tog‘ tizmasi adirlari muzliklari erishidan hosil bo‘ladi va tog‘ qatlamlari orasidan sizib o‘tib, o‘z tarkibi uchun kerakli minerallarni tabiatning o‘zidan singdirib oladi.

sostav_Узб

Suv ishlab chiqarish jarayoni:

Ishlab chiqarish tsexlarida Yevropa Ittifoqi mamlakatlari (Germaniya va Italiya)da tayyorlangan avtomatik, yuqori samarador jihozlar o‘rnatilgan.

  • Yer osti suvi quduqlarda yer qa’ridan chuqurlik nasoslari yordamida tortib olinadi va maxsus sisternalarga yuboriladi. Sisternalarda suv tindiriladi.
  • Shundan so‘ng suv mexanik filtrlash jarayonidan o‘tadi, yirik mexanik aralashmalar (masalan, qum)dan tozalanadi va xomashyo sifatidagi suv maxsus sisternada to‘planadi.
  • Artezian suvi qayta osmos asosida suv tayyorlash texnologik liniyasi orqali o‘tadi va minerallashuvning kerakli darajasigacha yetkaziladi.
  • Shundan so‘ng suv ultrabinafsha lampalar yordamida mikroorganizmlardan zararsizlantiriladi.
  • Suv uni tayyorlash texnologik liniyasi orqali o‘tayotgan vaqtda operator jihozlarning ishlashini mikrosimenslar tarkibi nuqtai nazaridan kuzatib turadi. Suv tayyorlash jarayoni kompyuterlashtirilgan jihozlar tomonidan ham nazorat qilinadi va berilgan ko‘rsatkichlardan chetga chiqilgan hollarda jihozlar avtomatik tarzda o‘chadi.
  • Suv tayyorlash texnologik liniyasi orqali o‘tgan suvdan tahlil qilish uchun namuna olinadi.
  • PET-kapsulalarni shishirishga mo‘ljallangan jihozlar idishlarni belgilangan shakl bo‘yicha shishiradi va tayyor idishlar osma transportyor orqali suv quyish mashinasiga uzatiladi.
  • Gazlangan suv ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan suv saturatorga tushadi va karbonat angidrid gazi bilan aralashtiriladi.
  • Gazlanmagan suv tayyorlash uchun mo‘ljallangan suv esa saturator orqali o‘tmaydi.
  • Barcha tekshiruvlardan o‘tgan tayyor suv idishlarga quyish uchun mo‘ljallangan mashinaga uzatiladi.
  • Quyish mashinasida tayyor idishlar suv bilan yuviladi, toza suv bilan to‘ldiriladi va og‘zi mahkam berkitiladi.
  • Tayyor mahsulotga yorliqlovchi mashina yordamida yorliqlar yopishtiriladi va unga mahsulot tayyorlangan sana tushiriladi.
  • Qadoqlash mashinasi tayyor mahsulotni polietilen yordamida 2, 6, 8 va 12 donadan qadoqlaydi.
  • Tayyor mahsulot ishlab chiqarish tsexi omborxonasida saqlanadi.
Tyan-Shan etagida
ishlab chiqarilgan
tabiiy tog' suvi!
Hamkorlarimiz
AVE
TashPet
Кронес
KHS
Таким образом дальнейшее развитие различных
Biz bilan bog'laning
Manzil:
Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, «Soyliq» qo‘rg‘oni
Savol berish
So'rov
Qanday suvni ma’qul ko‘rasiz?
Gazlangan
Gazlanmagan
Har ikkalasini
SAVOLLARINGIZ BORMI?

  Biz Siz bilan yaqin orada bog‘lanamiz