Suv va Inson

Inson tanasining taxminan 75%i suvdan iborat. Yosh tananing to‘qimalari ayniqsa suvga boy bo‘ladi va u shunday tuzilganki, suvsiz normal faoliyat yurita olmaydi. Tananing 10% suvsizlanishi ruhiy va jismoniy layoqatsizlikka olib keladi. 20% suvning yo‘qotilishi tananing o‘limiga sabab bo‘ladi. Shu bois parhez bo‘yicha mutaxassislar har kuni 1,5 litrdan 4 litrgacha suyuqlik ichishni tavsiya qiladilar. 

Yosh o‘tishi bilan tanada suvning miqdori kamayib boradi: masalan, uch oylik homila tanasi 95%, besh oylik homila tanasi 85%, yangi tug‘ilgan go‘dak tanasi 70%, voyaga etgan kishi tanasi taxminan 65% suvdan iborat bo‘ladi. Shu munosabat bilan tanadagi kolloid moddalar, ayniqsa, oqsillarning katta miqdordagi suvni bog‘lash qobiliyati pasayishi olimlar tomonidan tananing qarishi sabablaridan biri sifatida e’tirof etiladi. 
Bizga ma’lumki, suv ichish tanamiz uchun foydali, biroq shuni bilgan holda ko‘pchilik insonlar oddiy suvni juda kam iste’mol qilishadi va uning o‘rnini turli ichimliklar bilan qoplashadi. Umuman olganda, hozirgi zamon kishisi suv iste’molini minimal darajaga tushirib qo‘ymoqda va suvning o‘rniga ko‘pincha biz qahva, choy, sodali suv, spirtli ichimliklar ichyapmiz, meva sharbatlari va sutni gapirib ham o‘tirmaymiz.

Ammo inkor etib bo‘lmaydigan bir qator muhim sabablar borki, salomatligimiz suv bilan bog‘liq va shu bois biz suvning o‘rnini bosadigan ichimliklarni emas, aynan suvning o‘zini ko‘proq ichishimiz lozim!

6

Suv ichish uchun 9 sabab:

1) Ortiqcha vazndan xalos bo‘lish. Suvortiqcha vaznga qarshi kurashishda eng zo‘r vositalardan biri! Bundan tashqari, suv ishtahani bo‘g‘uvchi kuchli vosita va biz ochlik haqida o‘ylaganimizda baribir suv ichishni xohlaymiz.

2) Sog‘lom yurak. Katta miqdorda suv iste’mol qilish yurak xuruji ehtimolini pasaytiradi.

3) Energiya yo‘qolishi. Tanangizning uning umumiy vazni bor-yo‘g‘i 1-2%i miqdorida suvsizlanishi sizni charchoqni his etishga majbur qilishi mumkin. Agar siz chanqagan bo‘lsangiz, bu sizning suvsizlanganingizdan dalolat beradi, mazkur holat esa charchoq va muskul zaifligiga olib kelishi mumkin.

4) Bosh og‘rig‘ini davolash. Suvsizlanishning boshqa belgisi bosh og‘rig‘i. Boshimiz og‘riyotgan aksariyat hollarda bu suvni yetarli darajada iste’mol qilmasligimiz natijasidir.

5) Sog‘lom teri. Suv terini tozalaydi. Albatta, bu birdan sodir bo‘lmaydi, lekin siz ko‘proq suv ichishni o‘zingiz uchun odat qilib olsangiz, shubhasiz, buning farqini sezasiz.

6) Ovqat hazm qilish muammolari. Insonning ovqat hazm qilish tizimi ovqatni me’yorida hazm qilish uchun katta miqdordagi suvni talab qiladi. Ko‘pincha suv oshqozonning kislotaliligi yuqori ekanligi bilan bog‘liq muammolarni hal qilishda yordam beradi.

7) Toksinlar. Suv tanadan toksinlar va zararli moddalarni chiqarishga yordam beradi.

8) Saraton. Yetarli miqdorda suv iste’mol qiladigan insonlarda ovqat hazm qilish trakti saratoni bilan kasallanish xavfi suvni kam ichadiganlarga qaraganda 45% kam bo‘ladi. Shuningdek, yetarli miqdorda suv ichish siydik pufagi va sut bezi saratoni xavfini 50%ga qisqartiradi.

9) Sportdagi yutuqlar. Suvsizlanish sport bilan shug‘ullanish uchun jiddiy to‘siq bo‘lishi mumkin. Umumiy charchoq tufayli sizda zo‘riqishni yenga olmay qolish ehtimoli katta bo‘ladi, bu esa jarohatlarga olib kelishi mumkin.

Tyan-Shan etagida
ishlab chiqarilgan
tabiiy tog' suvi!
Hamkorlarimiz
AVE
TashPet
Кронес
KHS
Таким образом дальнейшее развитие различных
Biz bilan bog'laning
Manzil:
Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, «Soyliq» qo‘rg‘oni
Savol berish
So'rov
Qanday suvni ma’qul ko‘rasiz?
Gazlangan
Gazlanmagan
Har ikkalasini
SAVOLLARINGIZ BORMI?

  Biz Siz bilan yaqin orada bog‘lanamiz