белый

Suv Haqida

ARTEZIAN SUVINING SIZOT SUVIDAN ASOSIY FARQLARI

Chuqur artezian quduqlari suvi eng xavfsiz va o‘ta foydali suv hisoblanadi. Ba’zan uni sizot suvi bilan adashtirishadi. Bu ikki xil suv quyidagi jihatlari bilan farqlanadi:

*Sizot suvlari ko‘pi bilan 5-50 m chuqurlikda uchraydi, artezian suvlari esa 100-300 m chuqurlikda yotadi

*Sizot suvlari ifloslangan va ko‘pincha sho‘r, artezian suvlari esa sof va chuchuk bo‘ladi
*Artezian suvlari yer sathida ro‘y beradigan suv almashinuvida ishtirok etmaydi
*Sizot suvlarining sifat tarkibi barcha cho‘kmalar, ekologiya, iqlim o‘zgarishlari bilan bog‘liq bo‘ladi. Artezian suvi tarkibi yer qobig‘ining unga yaqin joylashgan qatlamlari tarkibiga, shuningdek, havza vujudga kelgan vaqtga bog‘liq bo‘ladi, xolos

KIMYOVIY TARKIBI

Oddiy sizot suvlari kimyoviy tarkibiga odatda ularning shakllanish sharoitlari ta’sir ko‘rsatadi, bundan tashqari, suvga yaqin turgan ruda ham suvning tarkibiga o‘zgartish kiritadi. Masalan, suv temir rudasi yonidan oqib o‘tadigan bo‘lsa, u temir birikmalari bilan to‘yinadi. Shuningdek, suv tarkibida zararli va ancha xavfli birikmalar ham hosil bo‘ladi. Ya’ni bunday suv dastlabki tozalashsiz iste’molga yaroqsiz hisoblanadi va ichish mumkin emas, uni barcha aralashma va xavfli moddalardan albatta tozalash lozim bo‘ladi.

Artezian suvi zarur kalsiy, foydali magniy, shuningdek, temir va ftor bilan to‘yingan bo‘ladi. Bunday suv betakror muvozanatlangan tarkibi va ajoyib ta’mi bilan ajralib turadi. Suv tarkibining foydalilik va yumshoqlik kabi zarur ko‘rsatkichlarini umumlashtirib bo‘lmaydi. Qaynatilgandan so‘ng suvda oddiy qattiq suvda hosil bo‘lgani kabi cho‘kma kuzatilishi mumkin.

Artezian suvining tuzliligi standart ko‘rsatkichlardan oshmaydi:

  • Temir moddasi 0,3 mg/l dan kam
  • Qattiqlik darajasi 7 ga teng yoki undan past
  • 0,7-1,5 mg/l ftor
  • 20-50 mg/l magniy
  • 30-140 mg/l kalsiy
  • Aralashmalar odatda mavjud bo‘lmaydi yoki ular me’yor darajasidan oshmaydi

Ta’kidlash joizki, artezian suvlari tarkibi har qanday ob-havo sharoitida ham muvozanatlangan va barqarorligicha qoladi, mazkur suvning bunday xususiyati uning ideal ichimlik ekanidan dalolat beradi.

FOYDALI JIHATLARI

Bundan tashqari, artezian foydali suvining tarkibi muvozanatlangan, bunday suv boshqa sifatlari bilan ham afzallikka ega. Unda bakteriyalar, har xil mikroorganizmlar va zararli viruslar uchramaydi. Shu bois har qanday yuqumli kasalliklar yuqishi xavfi butkul istisno etiladi.

Biroq olingan suvda aralashmalar mavjudligi sababli bunday suvni birdaniga ichib bo‘lmaydi. Odatda bu suv oddiy va tez amalga oshiriladigan tozalash bosqichidan o‘tadi va shundan so‘ng oddiy vodoprovod suviga qaraganda ancha toza va foydali suvga aylanadi, shuningdek, barcha standartlar va ko‘rsatkichlar bo‘yicha vodoprovod suvidan ustun turadi.

Tozalash bosqichidan so‘ng bu suvni barcha yoshdagi kishilar iste’mol qilishlari mumkin va uni hayvonlarga ham bersa bo‘ladi. Suvda minerallar va kimyoviy foydali moddalar mavjudligi tananing umumiy to‘g‘ri rivojlanishida hamda suyaklar shakllanishida katta ahamiyat kasb etadi.

Agar suvning bu turi boshqa suv bilan solishtirilsa, mazkur suv aralashmalarning kam miqdori bilan afzal tarzda ajralib turadi. Ularning kichik miqdorda konsentratsiyalashuvi tirik organizmga zarar ko‘rsatmaydi.

Artezian suvining yana bir foydali jihati – uning ajoyib ta’mi. Organik moddalar va iflosliklar havzaga yaqin yo‘lamaydi, shu bois uning ta’mini buza olmaydi. Tozalangan suvning tuzliligi yuqori standartlar doirasida bo‘ladi. Yuqori bo‘lmagan yo‘l qo‘yiladigan minerallashuvga ega suv ajoyib ta’m xususiyatlarini o‘zida mujassam etadi va foydalidir. Bunday suvda aralashmalar va bakteriyalar bor-yo‘qligini tekshirishga hojat qolmaydi.

Artezian havzalari – sof foydali chuchuk suv zaxiralari bo‘lib, ularning tarkibi salbiy ekologik holatga bog‘liq emas, turli xil kimyoviy o‘g‘itlar qo‘llanilganda, sanoat korxonalari faoliyati zararli ta’siri ostida o‘zgarishlarga uchramaydi.

Chuqur artezian quduqlaridan olinadigan suvning foydaliligi qayta-qayta isbotlangan. Agar bunday suvni olib bo‘lgach u obdan tozalansa, yuqori ta’m va foydalilik xususiyatlariga ega ideal ichimlik hosil bo‘ladi. Shuni yoddan chiqarmaslik muhimki, artezian suvida mikroblar rivojlana olmaydi va shu bois bunday suv inson hayotiy faoliyati hamda sayyoramizning butun tirik dunyosi uchun ideal hisoblanadi

белый
Tyan-Shan etagida
ishlab chiqarilgan
tabiiy tog' suvi!
Hamkorlarimiz
AVE
TashPet
Кронес
KHS
Таким образом дальнейшее развитие различных
Biz bilan bog'laning
Manzil:
Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani, «Soyliq» qo‘rg‘oni
Savol berish
So'rov
Qanday suvni ma’qul ko‘rasiz?
Gazlangan
Gazlanmagan
Har ikkalasini
SAVOLLARINGIZ BORMI?

  Biz Siz bilan yaqin orada bog‘lanamiz